2013-yilda tashkil etilgan “Civil Construction Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati tijorat, sanoat, tog‘-kon va qayta tiklanadigan energiya loyihalariga ixtisoslashgan yetakchi qurilish kompaniyasi hisoblanadi. Biz ekspert darajasidagi loyihalash, "yagona to`liq yechim" (loyihani boshidan ohirigacha to`la to`kis holda topshirish) xizmatlari va pudratchilik xizmatlarini taqdim etamiz. Har bir loyihani amalga oshirishda 11 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan yuqori malakali jamoamiz o`zining katta bilim va tajribasi bilan ishtirok etadi.
Bizning xizmatlarimiz turar-joy qurilishi, tijorat qurilishi, loyihalarni boshqarish, loyihalash va qurish, atrof muhit va tabiat barqarorligini saqlashni o`z ichiga olgan qurilish, maxsus xizmatlar, infratuzilmani rivojlantirish va konsalting xizmatlarini o'z ichiga oladi; bunda sifat, mehnat muhofazasi va xavfsizligi, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishning eng yuqori standartlariga rioya qilamiz.
Bizning jamoamiz yuqori malakali va tajribali muhandislar, loyiha menejerlari, ish boshqaruvchilar, brigaderlar, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish jamoasi va operatorlardan iborat. Biz xodimlarimizni xavfsizlik boshqaruvining eng yuqori standartlariga mos keladigan eng so'nggi tizimlar va tartiblar bo'yicha muntazam ravishda o'qitamiz. Biz yuqori sifat, mehnat salomatligi va xavfsizligi va atrof-muhit standartlarini saqlab qolish bilan birga barcha loyihalar bo'yicha iqtisodiy jihatdan samarali va innovatsion ishlarni ta'minlash uchun xodimlarimizni o`qitish va tayyorlashga sarmoya kiritishda davom etamiz.